Pazanda
 Pazanda saytiga kerakli maslahatlar - Forum
[Forumdagi yangi habarlar · Qatnashuvchilar · Forum qoidasi · Qidirish · RSS ]
Страница 1 из 11
Forum » FORUMGA OID MUAMMOLAR » Forumga oid savollar » Pazanda saytiga kerakli maslahatlar
Pazanda saytiga kerakli maslahatlar
Admina Sana: Payshanba, 2009-08-06, 9:53 PM | Habar # 1
Генерал-майор
Guruh: Администраторы
Habarlar: 252
Reputation: 4
Status: Oflayn
assalamu alaikum wa rahmatullahi wa barakatuh!
Birodarlar, bu bo'limda Pazanda sayti, forumi haqida bemalol istalgan fikringizni aytishingiz mumkin. Albatta shaxsiyatni saklagan xolatda :). Tanqidlar, maslahatlar, nasihatlarning birortasi ham o;'chirilmaydi inshaalloh.
Saytimizga hush kelibsizlar!
Bizga nasihat qiling smile
 
Ummu_Abdillah Sana: Chorshanba, 2009-08-12, 6:11 PM | Habar # 2
Рядовой
Guruh: Пользователи
Habarlar: 6
Reputation: 1
Status: Oflayn
Wa alaikum as salam wa rahmatullohi wa barakatuh.
Allohdan barchamizga bu dunyoda ham wa oxiratda ham yaxshilik so'rab qolaman, O'zi faqat xayrli holatlarnigina nasib qilsin,Ameen.
Qizlar yaxshimisizlar? Men bu forumda yangiman hozircha Admina wa fastagym bn tanishdim yani "mehmonlar kitobi" orqalik. O'ylaymanki boshqa opa-singillarim bilan ham tez orada dugonalashsak kerak).
Ba'zi birlarimizni fikri bn aytganda haqiqatdan bu site bizni pazanda qilib yuboradiyu!)
Shaxsan o'zimni olsak men onasini dawrida erkatoy bo'lib hususan oshhonada unchalik faoliyat yuritgan qizmasdim. Turmushga chiqib uy bekasi bolgandan keyin hamma uy bekalar singari yaxshi pazanda bo'lishga intilyabman. Alhamdulillah rosa ham shunday pishiriq wa owqatlarni o'rgatadigan saytga muhtoj bulib turganimda Allohim menga nasib qildi shu pazanda saytini.
Sizlardan Alloh rozi bulsin wa uzi boshlagan ishinglarni xayrli holatda barakaotli qilsin.
Men pishiriq tortlar wa ayniqsa kremlar haqida ko'proq bilmoqchi edim. Iloji boricha shular haqida ham reseptlar qo'ysanglar. Zavarnoy kremini ham alhamdulillah shu yerdan kurib o'rganib oldim pishirmaydigan tortim ham yaxshi chiqdi. Yana ko'proq boshqa kremlarni tayyorlashni o'rganmoqchi edim. UmmuAbdulAziz opani pishirgan tortlarini suratini ko'rib rasa havasim keldi,shunaqa suratli reseptlarni sizlardan kutib qolaman.

Added (2009-08-12, 6:11 Pm)
---------------------------------------------
Men yuqorida aytganimdek pazanda bo'lmasamda ammo boshqalarga azqotar degan maqsadda o'zimni 1-2ta reseptlarimni hamda "turli hil mavzular" un maslahatimni bermoqchiman.
1-maslahatim;
Agarda pomidorni po'stlog'isiz ishlatishni maqul ko'rsangiz unda undan osonlikcha qutilish yo'llari:
1.pamidorni idishga solib ustidan qaynagan suvni quyish,bunda idish pamidorni ko'madigan hajimda bo'lishi kk wa pamidorni tag qismi idishni ichki tarafiga qaratilgan holatda bulsa maqulroq.Pamidor rangi biroz uzgarib usti po'stlog'i ajralishga tayyorligi sezilishi bn suvdan uni olamiz wa qulimiz yoki pichoqda bir uchidan tortishligimiz bilan osonlikcha terisi archilishni boshlaydi.
2.yoki pomidorni wilkaga sanchib turib olovga yaqinlashtirish mumkin shunda po'stlog'i chirsillab yorilishni boshlaydi,boshqa tarafini o'girib huddi shu usulni takrorlaysiz so'ng qo'liz yoki tig'li narsa bn terisini shilib olasiz.Ammo olovdan ehtiyot bulibroq qilish kk,uta yaqinlashtirishlik kuydirib qo'yishligi mumkin.
3.hohlasangiz pomidorni ustidan bir qator pichoqni botirib yurgizib so'ngra qo'l yoki tig'lik narsa bilan terisini archib olishingiz ham mumkin.
4.bu esa huddi bosha sabzavotlarni ustini archib tashlagandek pichoq bn terisini archishingiz ham mumkin.
2-reseplar;
(Men tok qilganimda tokim kam ekan qiymam oshib qoldi,shunda isrof qilmaslik uchun bir waqtlar eshitgan ammo qilib ko'rmagan pomidor dolmasini qildim.Menda manti qasqon yo'qligi sabab duhovka usulida pishirdim. O'ziga hos mazzalik bo'lib chiqdi.)
Pomildori do'lmasi.
Huddi karam yoki bolgar ,tok wa kzlarga qilingani kabi qiymadan nachinka tayyorlaysiz(men tuxum ham qo'shaman). Svejiy pomidorlarni tag qismini ehtiyotkorlik bn qattiq qismli joyiga qo'shib qoppoqcha singari kesib olasiz.Pomidor ichini ehtiyotkorlik bn wilkada tozlaysiz(ichidan tozalanib olingan pamidor urug' wa ezilganlarini yani ichidan chiqqan pomidorni alohida idishga solib undan salat yoki boshqa uzingiz ihtiyor qilgan narsa tayyorlashingiz mumkin).Pomidor yorilib ketishidan ehtiyot bo'ling! Ichiga nachinkani to'ldirib solasiz,ammo oshirib yubormang chunki pishganda guruch kattaradi wa nachinka yuqoriga ko'tarilib chiqib ketishi mumkin bu esa dolmani ko'rinishi huniklashtiradi. Yaltiroq folga qog'ozga qiyma solingan tarafini tepaga qaratib zinhor pastga emas,o'rab duhovkaga solasiz tahminan yarim soatlar atrofida pishadi.(Men aniq waqtga qarab pishirmaganligim sabablik waqtni aniq aytib berolmayman ,ko'pincha men 250-200 atrofida qilingan gradusda pishiraman.)
(Birinchi marta pishirib kurishim bulgani un ham men 2ta pomidorni folga qog'ozini og'zizni ochiq holda qilib qolgan 2ta dulmani butunlay o'rab tashlagan holatda wa oxirgi 2tani esa butunlay o'ralgan hamda dolmani ustki qismini uzining kesib olingan qoppoqchasini ham yopib pishirib ko'rdim.Eng maquli bu dolma ochiq ammo folga qog'oziga dimlab oralgani chiqdi).
P.S: duhovkada pishganligi bois pomidorlarni suvi chiqib ketadi,shu sababdan idishlarga folga qog'ozidan olmasdan solib stolga tortganingiz yaxshiroq. Agar iloji bo'lsa manti qasqonda pishirib ham ko'ringlar shunda farqini aniq bilasizlar. Yoqimli ishtaha!

 
fastaqiym Sana: Payshanba, 2009-08-13, 5:53 PM | Habar # 3
Подполковник
Guruh: Администраторы
Habarlar: 112
Reputation: 5
Status: Oflayn
Xush kelibsiz, ummu_Abdillah, yana bir marta!~ Pomidor dolma turk oshxonasida sevimli taom. Duxovkada bir marta qilib ko'rganman, lekin manti qasqonda pisirish usulini mana bugun eshiti o'rgandim.

Ko'za kunda emas kunida sinadi.
 
Ummu_Abdillah Sana: Payshanba, 2009-08-13, 7:15 PM | Habar # 4
Рядовой
Guruh: Пользователи
Habarlar: 6
Reputation: 1
Status: Oflayn
Hush waqt bo'ling! Men bu dolmani turklarniki ekanligini bilmagan ekanman,mana endi bilib oldim rahmat.
Menda yana bitta resept bor edi,bu reseptni belyajni ko'rganimdan keyin bergim keldi,chunki qilinish jarayoni ayni belyajniki singari faqat nomi wa hamiri boshqacha tarzda.
Bizda u perajka sifat taomni Parmach deb atashadiyki Paramach balki boshqacha nomi belajdir?!
PARAMACH
-0,5 litr sut
-200-250gr saryog'
-2ta tuxum
-un yumshoq hamir bulguncha
-1ch qoshiq droja
-tuz tabga qarab(saryog'iz tuzlik bo'lsa ozroq bir chimdim)
Saryog'ni eritib tuxum solib aralashtiramiz,kn sut wa droja solib ustidan un solamiz.Yumshoq hamir qoramiz.Ko'pib chiqqach havosini chiqarib yana mushtlaymiz.Qolgan jarayonlari huddi belyajniki singari faqat hamir yumshoqligi uvhun uxlovdamas qo'lda yoyiladi.(Nachinkasiga men bazan piyoz solamy qiymani uzizni zirovar tuzlar solib qattiqroq bo'lishi un tuxum ham qo'shaman.) Qovurish jarayonida huddi belyaj singari oldin nachinka tarafini yo'g'da pishirib olinadi faqat oldini o'girganimizda qoshiq bn nachinkali teshikka quyib turiladi,shunda ichidagi nachinka ham qovurilib pishadi.Chunki pastga ag'darib pishirilganda nachinka yaxshi pishmay qolgan bo'lishi mumkin. Shunday qilib paramachimiz tayyor!
P.S: bu hamirdan kartoshkali pure solib yumshoq pirajka ham qilsa bo'ladi.
 
Admina Sana: Dushanba, 2009-08-17, 10:39 PM | Habar # 5
Генерал-майор
Guruh: Администраторы
Habarlar: 252
Reputation: 4
Status: Oflayn
subhanalloh, reseptlatizniii, ro'zaga tayyorgarlik boshladim, 30kunga aniq ovqatlarni ro'yhatini qilib, dunyo ishlarini rejalab olish, bo'lmasa ovqatga ko'p vaqt ketib qolishi mn.
Ummu Abdillah, sizni pamidor va paramach reseptizzam kiradigan bop qoldi shirinligidan : )
Aytgancha, sizni pamildori bo'yicha bergan maslahatizni Turli xil mavzular bo'limiga kiritib qo'ydim : ) jazakallah
 
Admina Sana: Chorshanba, 2009-08-26, 9:27 PM | Habar # 6
Генерал-майор
Guruh: Администраторы
Habarlar: 252
Reputation: 4
Status: Oflayn
Ummu_Abdillah paramachni qilib ko'rdim, judayam yumshoq chiqdi,m subhanalloh rosa yoqdi, jazakallahu khair
 
Forum » FORUMGA OID MUAMMOLAR » Forumga oid savollar » Pazanda saytiga kerakli maslahatlar
Страница 1 из 11
Поиск:


Copyright Pazanda.ucoz.com © 2017