Pazanda
 
Asosiy » 2009 » Aprel » 3 » Do'lma
Do'lma
11:11 AM
Do'lma
 
Kerakli masalliqlar:
-100gr yog'li qiyma
-100gr guruch
-1 bosh piyoz
-tuz,murch,zira
-tomat(qizartirish uchun)
-1 osh-qoshiq o'simlik yog'i
-Tok bargi.
 
Tayyorlanishi:
Piyozni mayda to'g'rab, barcha masalliqlarni aralashtiramiz. Tuzni ta'bga ko'ra solamiz,0.5 choy qoshiqdan ziravorlarni solamiz.
Tok bargi barra(svejiy) bo'lsa, undan bandlarini olib tashlab, ustidan qaytagan issiq suvni quyamiz, yumshagandan so'ng(1-2min) suvni to'kib tashlaymiz va tez sovishi barglarni orasini biroz ochamiz.
Agar tok bargi konservalangan yoki uzbda tayyorlanadigan baklajkaga solingan bo'lsa, uni shundoq yuvib yubirshni o'zi kifoya qiladi.
 
Tok bargini yoyamiz.
Qiymani barg kattaligiga qarab solamiz va uzunchoq shakl beramiz.
 
Tugishda 2 xil usuldan foydalansa bo'ladi:
1. Avval bargning yon tomonlarini ichkariga qayiramiz. So'ng bosh tomonini qayirib, keyin dumalatamiz.
 
2.Avval bargning bosh tomonini ichkariga qayiramiz. So'ngyon tomonlarini qayirib, keyin dumalatamiz.
      
 
Quruq qozonga tugilgan qismini pastga qaratib(barg ochilib ketmasligi uchun) yonma-yon terib chiqamiz. Judayam zich yoki orasi judayam keng bo'lmasligi kerak. Zichligidan yaxshi pishmay qolishi, orasi kengligidan barglar ochilib ketishi mumkin.
 
Ustki qismi suvdan chiqib ketmasligi uchun ustidan likopcha bilan yopamiz va masalliqni 1m balandlikda ko'madigan qilib suv solamiz va 1 chimdim tuz solamiz. Bu xolatda do'lma quruqroq bo'lib pishadi, shu suvga yana 0.5 piyolacha suv solsak do'lma suvliroq chiqadi. Ustki qismida suv qolmagandan keyin likopchani olib qo'yamiz. Do'lmani suvliroq bo'lishi hohlasangiz, likopchani olgan vaqtingizda kuzatsangiz, suv pastki qismida biroz qaynayotgan bo'ladi, shunda bitta do'lmadan olib yeb ko'ring, agar pishgan bo'lsa olovni o'chiring. Agar quruqroq pishsin desangiz ,suvi qolmaguncha(qozondan ozgina qisirlash ovozi eshitiladi) olovini o'chirmang.
 
Yoqimli ishtaha!
Bo'lim: O'bek milliy taomlari | Ko'rilgan: 12811 | Qo'shdi: Admina | Baholash: 3.0/3 |
Hamma fikrlar: 7
0  
7 Admina   (2010-07-19 8:18 AM) [Entry]
Muhaya, muslimapazanda@yahoo.com ga yuvoring, o'zim joylab beraman, sizgayam oson bo'ladi inshaalloh

0  
6 muhaya   (2010-07-19 4:37 AM) [Entry]
SALOM MEN QOZONGA DOLMADAN OLDIN SUYK TERIB USTIGA BITTA LIMONNI DOIRA SHAKLIDA KESIB TERIB KEYN DOLMALARNITERIB PISHIRAMAN PISHGANDAN KEYN SUZIB OLIB YANA LIMON SUVI QUYAMAN TOMAT EKI PAMIDOR SOLMAYMAN FARSHIGA GYSHT VA GURUSH FAQAT SOLAMAN LEKIN SIZ AYTGANDAY TAYERLAB KURMOQCHIMAN MENAM UZIM BILGAN ARABCHA VA HITOYCHA OVQATLAR QUYMOQCHIDIM LEKIN BILMAYPMAN QANDAY QILIB QYISHNI

0  
5 Toh@   (2009-08-29 8:16 AM) [Entry]
o'xshadi! Baraka toping

0  
4 Nagim   (2009-05-20 3:59 AM) [Entry]
Assalomu alaikum,

agar Turkiyadan kelgan tuzlangan barglarni olsangiz, uni ozgina (ko'madigan darajada) muzdak suvda 10-15 minutga bo'ktirib qoýsangiz yaxshi bo'ladi. Chunki, tuzlangan barglar juda ham sho'r bo'ladi. Bu esa ovqatingizni yanada sho'r bo'lib qolishiga olib kelishi mumkin.

ni Yana bir maslaxat, olayotganda kamroq bo'lganini, ya'ni 1-2 martalikka yetadigan qilib olsangiz yaxshi. Tuzlangan barglar 2-3 hafta turgandan keyin aynishni boshlaydi. Masalliq isrof bo'lib qolishi mumkin.


0  
3 Admina   (2009-05-19 8:55 PM) [Entry]
maniki uzbdan kelgan, baklajkaga yopishadi, o'ziyam rossa kop bo'ladi 1ta baklajkada

0  
2 fastaqiym   (2009-05-17 11:47 PM) [Entry]
Chet mollari ayniqsa turk mollari sotiladigan oziq ovqat dokonidan qarab ko'rish kerak. Tuzlangan holda sotilishi mumkin.

0  
1 Saida   (2009-05-15 1:44 AM) [Entry]
AAWRWB! TOK BARGINI KOREYADA TOPSA BULADIMI?

Имя *:
Email *:
Код *:
Shanba, 2024-04-20, 0:21 AM
Приветствую Вас Гость
Asosiy Mening profilim | Chiqish
Sana
Sana
Sana
Sana
Calls baqlajon banan+kivi shashlik kimbab bodring somsa kartoshka fri tovuq pishirmasi barbucue mayonezli salat pancake asal kartoshka qovurma bodring salat quymoq nonushta baliq kotlet tuxum turkiya taomi baqlajonli pizza qiymali taom sabzavotli salat qovurma salat baqlajon say beshtbarmoq borek 1-2yoshli bolalar uchun bananli tvorog bolalarga alvonlik bolalarga alvonlik1-2yoshli bolalar Pizza qiyma pirog sharbat lavash shaurma hamiri kartoshka qovurma jigar qovurma oshirma hamir bulochka hamiri tovuq tovuq sho'rva cantik chantiq baliq tvorog tortilla mayonez Sabzavot va mayonezli salat hamir belyaj kotlet non murabboli pirog bulochka baliq konservasi karam bug'da pishiriladigan taomlar gamburger tort qiymali koptokchalar teftel biskvit rulet palov hamirli taom bodringli salat blinchik oshirma hamirdan taom Buxorocha osh Buxorocha palov salat baqlajonli salat sabzavotli pizza bolgarskiydan do'lma bolalar uchun tovuq sho'rva pakora baqlajonli rulet salat Bolalar uchun makaron sho'rva cho'zma lag'mon hamiri bolalar nonushtasi uchun Shirguruch bolalar uchun sutli nonushta bolalar uchun mastava Bolalar uchun kotletlar Lavlagili salat Baliqni qovurish Blinchiklar Brokolli qaynatish Baliq-duxovkada tovuq dimlama Brokolli-omlet brokolli-pizza Bananle keks arF kuni chizkeyk cheesecake cheesecake chizkeyk Begoyim sayti
Bo'limlar
O'bek milliy taomlari [8]
Korea taomlari [4]
Xindiston taomlari [6]
Turkiya taomlari [5]
Uyg'ur taomlari [3]
Evropa taomlari [1]
Turli xil mamlakatlar taomlari [2]
Nonushta [19]
Umumiy Taomlar [30]
qovurma,dimlama,suyuq va hkz
Baliqdan taomlar [4]
Tovuqdan taomlar [9]
Somsalar [10]
Manti va xonimlar [3]
Shashliklar [2]
Kotletlar [7]
qiyma mahsulotlari
Gamburgerlar [6]
Shaurmalar [5]
Perajkalar [4]
Tushenkalar [1]
Makaron mahsulotlari [2]
Hamir maxsulotlari [4]
Pizza [8]
Nonlar [5]
Souslar [4]
Garnirlar [1]
Salatlar [20]
Pishiriqlar [4]
Tortlar [12]
Ruletlar [3]
Piroglar [6]
Bulochkalar [6]
Pechen'elar [2]
Kremlar [2]
Sut va sut mahsulotlari [4]
Ichimliklar [6]
Soklar [1]
Tuzlamalar [3]
Boshqalar [10]
Pop-kornlar [4]
Suxariklar [1]
Emizikli onalar uchun reseptlar [2]
6oylik-1yoshgacha Bolalar Taomnomasi [1]
1dan 2yoshgacha Bolalar Taomnomasi [7]
Turli tillardagi reseptlar [3]
Bizning aslimiz-Islom! [5]
Yangiliklar [2]

Copyright Pazanda.ucoz.com © 2024