Pazanda
 
Asosiy » 2009 » Iyul » 18 » Tahinili non (Tahini ekmek)
Tahinili non (Tahini ekmek)
9:02 AM
Tahini - sedana urug'i pastasi(sesame seed paste). Tahini o'rta sharq davlatlari taomlarida va turk ovqatlarida uchrab turadi. Mazasini holvaga o'xshatdim. Tahini Hummus nomli taomning asosiy tarkibiga kiradi. Bundan tashqari tahinidan non ham qilsa bo'lar ekan, shuni urinib kordim. Receppt Binnurning Turk taomlari kitobi saytidan olingan.
 
Masalliqlar:
Xamiriga:
-1 st sut( 1st=200 ml)
-3 osh-q saryog'
-3 st un
-1,5 choy-q xamirturush (instant dry yeast)
-2 0sh-q shakar
 
Nachinkasi:
-1 st tahini(sesame seed paste)
-1 st shakar
 
Tayyorlanishi:
-Sutga saryog'ni solib mikroto'lqinli pechda 2 minutga yoki gazgaqo'yamiz. Pechdan yoki gazdan olib bitta aralashtirib yuboramiz.
                                                                                                 
                                                                                                 
-Tog'orachaga un solib, qoshiqda 2ta chuqurcha qilamiz, biriga xamirturush, boshqasiga shakar solamiz. Chuqurchalarni un bilan qoplab, tog'orachaning o'rtasidan unni chetga surib, o'rtasida kattaroq chuqurcha qilamiz.
                                                                                                 
                                                                                                 
-Sut+saryog'li aralashmani tog'orachaga solamiz, avval qoshiqda aralashtiirb turib, keyin qo'limizda xamir qoramiz. Xamir yumshoqligi o'rtacha, biroz qo'lga yopishadigan qilib qoramiz. (Un kamlik qilsa ozgina qo'shimcha sepish mumkin). Ustiga sellofan yopib, yana issiqroq narsa bilan o'rab, 2-3 soatga oshishga qo'yamiz.
                                                                                                  
                                                                                                 
-Nachinka masalliqlarini yaxshilab aralashtiramiz.
                                                                                                 
-Oshgan xamirni olib, stolda uzunchoqroq shaklga kirguncha yumalatamiz. Xamirni 4 qismga kesib olamiz.(Agar 250 ml lik stakanda o'lchab xamir qorgan bo'lsangiz, 5 qismga kesib olganingiz ma'qul). Xamir qo'lga yopishaversa, qo'limizni ozgina yog'lab olamiz. Har bir bo'lakni dumaloq yoyib olamiz.
                                                                                                
                                                                                                
-Yoyilgan xamirga nachinkani suramiz.
                                                                                                
-Ruletga o'xshab o'rab, 30 minutga tindiramiz.
                                                                                                 
-Tingan ruletlarni ikki uchidan ushlab cho'zish uchun tortamiz.. Boshlang'ich uzunligidan kamida 2 barobar uzunroq bo'lishi lozim. Cho'zilgan ruletni mana bunday o'rab, qog'oz folgali listga teramiz. 10 minutga tinishga qo'yamiz. Tingach, yuziga tuxum oqi surtib, 200C qizdirilgan elektr duxovkaga 20 minutga yoki usti qizarib, noni ko'tarilguncha qo'yamiz. Bulochkasimon non tayyor.
                                                                                                 
Bo'lim: Nonlar | Ko'rilgan: 2777 | Qo'shdi: fastaqiym | Teglar: tahinili non, bulochka, tahini ekmek, turkcha non | Baholash: 5.0/1 |
Hamma fikrlar: 8
8 fastaqiym   (2009-07-25 3:18 PM)
Assalamu alaykum wr wb, G'arib!

Alloh SWT, Uning Rasuli SAW, u kishiga ergashgan sahobalardan ortib yaxshi so'z ayta olmayman. Allohning rizoligini istab bajarilgan har bir amal ibodatku, bu ham Allohning bizga rahmati bo'lsa kerak. Ayol kishi Allohning rizoligi uchun uyini saranjom tutsa bu ham ibodat bo'lsa kerak, Allohning rizoligi uchun narsa pishirsib yaqinlari oldiga qo'ysa bu ham ibodatga kirsa kerak.

Saytga kechiktirmay pishiiqlar rasmini qo'yib turilgani bu opa-singillarimiz kunlarini narsa pishirib o'tkazayaptilar degani emasku. HAr kim qilayotgan amalini o'zi biladi, bu yerga men kuniga shu ilmni organyapman deb yozishmaydiku harqalay.

Qolaversa, narsa pishirish davomida ham ilm o'rgansa bo'ladi, audio dars eshitib turib, to'g'rimi? Siz shunday gapiryapsizki, biz go'yo oshxonada tunu kunimizni o'tkazyapmiz. Albatta, musulmon kishi o'z birodarining oynasidir, siz tanbeh berganingiz yaxshi. 'Agar dunyo ga'mi qorin to'ydirish ga'mi sizni tashvishga solayotgan bo'lsa, Siz 1chi Allohni ga'mini eng'deganingiz oshxonada yashab umrini o'tqazayotgan odamga aytganday bo'libdi. Bir kishining nima qilayotganini yaqindan bilmay turib, bunday deyish to'g'rimi?


7 Admina   (2009-07-25 3:17 PM)
wa alaikum assalam wrwb.
Fastaqiym, sizning gapingizni maqullayman. G'arib user bu yerdagi birodarlarni tanimaysiz va ularning hayotlarini bilmaysiz manimcha, shuning uchun sizga shunday tuyulgan bo'lsa kk. Albatta, bunday nasihatlar bn eslatib turganingiz uchun jazakallahu khair.
O'zimni kunimni oladigan bolsam, ovqatga 1soatcha vaqt sarflayman, kuniga 1mahal ovqat qilib, shuni tushlik va shomda yeymiz. Qolgan vaqtning ham o'ziga yarasha amallari bor.
Agar saytdagi rasmlarga e'tibor qilinsa, u oddiy bir oshhonada olingan surat ekanligi aniq ko'rinib turibdi. chunki biz bu saytda har hil MASHHUR taomalrni emas, balki kundalikda qilinishi mn bo'lgan va o'zimiz qilayotgan taomlarni qo'yamiz.
Hozir o'z birodarlarimga holis maslahatim, ularni oshonada ko'p yurishlari emas, chunki bunday holat deyarli hech kimda ko'rmadim, chunki taom tez tayyor bo'lishi bn oshhonada ish qiolmaydi, man internetda behuda vaqt sarf qilinishini tark etilishini maslahat bergan bolardim. Juda ko'p o'zlarini mo'mina deb hisoblaydigan opa-singillarimiz, birodarlarimiz internetda behuda vaqt sarflaydilar. Shu sababli kunimizni aniq rajalarga bo'lib, niyat qilib, Allohdan barokot so'rab, shu kundalik vaqtimizni unumli sarflaganimiz afzal.

6 G'arib   (2009-07-25 10:19 AM)
Яккаю ёлгиз Аллохга хамдлар ва пайгамбарига салоту саломлар бўлсин!
Ибн Каййим ёзади: «Инсоннинг вакти бу хакикатда унинг умридир. Вакт булутдек ўтиб кетади. Кимнинг вакти Аллох учун ва Аллох билан бўлса, бас, вакт у кишининг хаёти ва умридир. Бундан бошкалари эса инсоннинг хаётидан хисобланмайди. Инсон ўз замони ва вактининг кадрини билиши, бирор лахзасини хам бехуда ўтказмаслиги ва шу вактда энг афзал сўзу амалларни бажармоги лозим. Унинг нияти мудом яхшиликда коим бўлиши ва бажариладиган амалларда сусткашлик килмаслиги керак».
Окил инсон бўш вактини яхши ишлар билан ўткизади. Акс холда у жазоланиб, бўш вакт неъматидан махрум бўлади. Шунинг учун айтадилар: «Бўш вакт эркаклар учун гафлат, аёллар учун эса шахватпарастликдир». Яъни, эркаклар бўш вактларини уйку ва бехуда ўйинлар билан гафлатда ўтказсалар, аёллар турли-туман корин тўйдирмайдиган пиширикларни пишириш, шайтонни хурсанд киладиган бехуда гаплар, ясан-тусан ва хою хавас йўлида ўтказадилар.
dilnoza (2009-07-20 4:45 Am)
Erni rozi qilishga chaqirilgan qancha hadislar bor.

Vaqtni qanchasini Alloh toatiga ketgazyapsiz va qanchasini dunyo matahiga???Shuni hisob qilib olinglar degan maqsadda 1chi postni tashagandik!Agar dunyo ga'mi qorin to'ydirish ga'mi sizni tashvishga solayotgan bo'lsa, Siz 1chi Allohni ga'mini eng, ya'ni Allohni rozi qilish ga'mi tashvishga qoysin!Zero, Alloh (SWT)barcha ishlarimizga Ozi kifoyadir!

5 Admina   (2009-07-21 9:43 AM)
wa alaikum assalam wrwb.
alhamdulillah.
G'arib, har kim qaysi amalni qancha qilayotgani holis Allohga ayon, keyin birodarlarga maslahatni har bir odamdan kelib chiqb aytilishi yaxshiroqdir, chunki hali ilm o'rganayotgan va islomga edi amal qilihsni boshlagan biror odam bu postni A-A-A LABBAY???ni o'qib qolsa, umuman tushunmasligi yoki bu gapga yarasha javob qilishi mn.
Maslahatingizni holis tushundik, albatta qalbdagi ixlosni holis Alloh biladi

4 dilnoza   (2009-07-20 4:45 AM)
Assalamu alaykum wrwb! Fastaqiym alloh rozi bolsin .Foydali resept beribsiz .Har birimiz 2 dunyo ilmini qancha kop bilsak va amal qilsak uzimiz uchun yahshi boladi.Lekin ayol kishini tabiati shunaqa biror bir tayorlagan taomini ahli maqtab yesa ertasiga undanham yahshisini qilishga harakat qiladi.Erni rozi qilishga chaqirilgan qancha hadislar bor.Lekin inshaalloh Garib etganlaridek ohirat ilmiga ham shunaqa chanqoq bolishimiz kerak.Alloh nasib qilsin, hayrli qilsin! AMIYN!

3 fastaqiym   (2009-07-18 10:38 PM)
G'arib, Alloh rozi bo'lsin, yaxshi tanbeh berdingiz. Bu nonning qilinishini rasmga olib pishiganim kimgadir asqotar deb qo'ydim, nima niyatda qo'yganim Allohga ayon. Kimnidir uyida menikida bo'lganday,sotib olingach ishlatilmay qolib ketgan tahinisi bo'lsa, nimaga ishlatishni bilmayotgan bo'lsa, non qilib yuborar deb qo'yganman. Oramizda inglizchaga qiynalgan birodarlar uchun o'zbekcha receptlar kerak bopturadi. Aynan shu nonni pishirish uchun tahini sotib olishmasa kerak.

Hamma narsa niyatga qarab, agar maqtov eshitish uchun qqo'yilgan bo'lsa, kerakli odam maqtovini eshitadi. Birov foydalansin deb qo'ygan odamning receptidan birov foydalanayotgandir. Kim o'zarga qo'yilgan bo'lsa ham o'zi biladi.

O'zimga taom post qilayotganda niyatim pok bo'lishini tilayman.
JazakAllahu xoyron.


2 G'arib   (2009-07-18 10:10 PM)
Ey Birodarlar!Kim ozarga oynavosilami?Kim "zor" pishirishgami???yoki kim "kop" pishirishgami???
Qaniydi, ISLOMgayam shunaqa niyat,vaqt,fikrlar,"bilmas edik organib oldik,"deydigan munozaralar bo'lsa-yu, quron hadislarniyam kim kop yodlashlar bo'lsa? A-A-A LABBAY???

1 Admina   (2009-07-18 9:11 AM)
mashaalla, rosa chiroyli ekan, nonmas shirin bulochka desayam bolarkan
sesame seeds pastega nima ishlatasiz? ko'rinishi qiziqde bizaga

Имя *:
Email *:
Код *:
Shanba, 2017-05-27, 12:17 PM
Приветствую Вас Гость
Asosiy Mening profilim | Chiqish
Sana
Sana
Sana
Sana
Calls baqlajon banan+kivi shashlik kimbab bodring somsa kartoshka fri tovuq pishirmasi barbucue mayonezli salat pancake asal kartoshka qovurma bodring salat quymoq nonushta baliq kotlet tuxum turkiya taomi baqlajonli pizza qiymali taom sabzavotli salat qovurma salat baqlajon say beshtbarmoq borek 1-2yoshli bolalar uchun bananli tvorog bolalarga alvonlik bolalarga alvonlik1-2yoshli bolalar Pizza qiyma pirog sharbat lavash shaurma hamiri kartoshka qovurma jigar qovurma oshirma hamir bulochka hamiri tovuq tovuq sho'rva cantik chantiq baliq tvorog tortilla mayonez Sabzavot va mayonezli salat hamir belyaj kotlet non murabboli pirog bulochka baliq konservasi karam bug'da pishiriladigan taomlar gamburger tort qiymali koptokchalar teftel biskvit rulet palov hamirli taom bodringli salat blinchik oshirma hamirdan taom Buxorocha osh Buxorocha palov salat baqlajonli salat sabzavotli pizza bolgarskiydan do'lma bolalar uchun tovuq sho'rva pakora baqlajonli rulet salat Bolalar uchun makaron sho'rva cho'zma lag'mon hamiri bolalar nonushtasi uchun Shirguruch bolalar uchun sutli nonushta bolalar uchun mastava Bolalar uchun kotletlar Lavlagili salat Baliqni qovurish Blinchiklar Brokolli qaynatish Baliq-duxovkada tovuq dimlama Brokolli-omlet brokolli-pizza Bananle keks arF kuni chizkeyk cheesecake cheesecake chizkeyk Begoyim sayti
Bo'limlar
O'bek milliy taomlari [8]
Korea taomlari [4]
Xindiston taomlari [6]
Turkiya taomlari [5]
Uyg'ur taomlari [3]
Evropa taomlari [1]
Turli xil mamlakatlar taomlari [2]
Nonushta [19]
Umumiy Taomlar [30]
qovurma,dimlama,suyuq va hkz
Baliqdan taomlar [4]
Tovuqdan taomlar [9]
Somsalar [10]
Manti va xonimlar [3]
Shashliklar [2]
Kotletlar [7]
qiyma mahsulotlari
Gamburgerlar [6]
Shaurmalar [5]
Perajkalar [4]
Tushenkalar [1]
Makaron mahsulotlari [2]
Hamir maxsulotlari [4]
Pizza [8]
Nonlar [5]
Souslar [4]
Garnirlar [1]
Salatlar [20]
Pishiriqlar [4]
Tortlar [12]
Ruletlar [3]
Piroglar [6]
Bulochkalar [6]
Pechen'elar [2]
Kremlar [2]
Sut va sut mahsulotlari [4]
Ichimliklar [6]
Soklar [1]
Tuzlamalar [3]
Boshqalar [10]
Pop-kornlar [4]
Suxariklar [1]
Emizikli onalar uchun reseptlar [2]
6oylik-1yoshgacha Bolalar Taomnomasi [1]
1dan 2yoshgacha Bolalar Taomnomasi [7]
Turli tillardagi reseptlar [3]
Bizning aslimiz-Islom! [5]
Yangiliklar [2]

Copyright Pazanda.ucoz.com © 2017