Pazanda
 
Asosiy » 2009 » Iyul » 23 » Murabboli pirog (Jam tart)
Murabboli pirog (Jam tart)
7:22 AM
Masalliqlar:
 
-110 gr(~9 osh-q) saryog'
-100gr (0.5 st shakar (xona haroratida)
-1 ta tuxum + 1 ta tuxum sarig'i
-2 st un (1 st=200 ml)
-0.5 choy-q tuz
-2 choy-q baking powder
-4-5 osh-q murabbo (qulupnay/olma yoki boshqa turi)
-2 osh-q shakar(tart stiga sepish uchun, xohishga ko'ra)
 
-24 smli tart qolipi(tag qismi ajraladigan qolip bo'lsa yaxshiroq)
 
Tayyorlash:
 
-Erib turgan saryog' bilan shakarni venchikda aralashtiramiz.
                                                                           
-Alohida idishda venchikda yoyib olingan tuxum va tuxumni 2-3 qismga bo'lib saryog'li aralashmaga solib aralashtiramiz.
                                                                           
                                                                           
-Boshqa idishda un+tuz+baking powderni aralashtirib olib, yuqoridagi massaga solamiz va yog'och qoshiq yoki spatulada pichoqda kesganday harakatlar bilan aralashtiramiz. Keyinroq qo'lda aralashtirishga o'tamiz.
                                                                            
                                                                           
-Xamirning 1/3 qismini olib, stol ustida truba shakliga keltiramiz. Bu xamirni va qolgan xamirni alohida sellofanga o'rab sovutgichga 20 minutdan ortiq vaqtga qoyamiz.
                                                                             
-Sovutgichdan kattaroq xamirni boib,  oz-ozdan qo'limizda oqolipga joylaymiz. Chetlarini tekislaymiz. Xamir o'rtasini Vilkada urib chiqamiz. Murabboni xamir ustiga solib, qoshiqda yoyamiz.
                                                                             
                                                                                           
-Truba shaklidagi xamirni olib, parrak qilib kesib olamiz. Parraklarni murabbo ustiga terib chiqamiz. Xohishga ko'ra shakar sepsa ham bo'ladi. 190C oldindan qizdirilgan duxovka20-23 minutga, pirogning chetlai qizarguncha pishiramiz. Pishib chiqqach juda qaynoq bo'ladi, murabbo qismi ayniqsa. Qolipdaligicha sovutib, keyin dasturxonga tortamiz.
                                                                               
                                                                              
                                                                                
Recept thewedenesdaychef.com dan olindi.
Bo'lim: Piroglar | Ko'rilgan: 11737 | Qo'shdi: fastaqiym | Teglar: murabboli pirog, pirog, tart, jam tart | Baholash: 5.0/3 |
Hamma fikrlar: 5
0  
5 robiyaxon   (2010-05-27 10:24 AM) [Entry]
wouuuuuuuuuuuuu offaarriinnnnnnnnn maladeeeeeeeeets mazza qilib ko'raman xuddi yeganday bulaman chunkiy juda aniq va ravon qilib ishlanga xammasi. olloh rozi bulsin qoyilman xammasi uchun raxmat

0  
4 Iman   (2009-09-19 4:40 AM) [Entry]
Assalamu alaykum wr wb. Alloh roiz bolsin. Shu saytni ochganizidan biza ancha hursandmiz. Murabboli pirog (Jam tart) pishirib korgandim roza mazali chiqdi. forumga raasmini qoymoqchiydim registrasiya qilomadim, iloji bosa registrasiya urgatsez. Muslima opa singilarim bilan men ham bir shu erda diysorlashsam. Qollariz dard kormasin pishirgan pirogim uydigagilaga rosa yoqdi.Alloh qivotgan ishlarizni hayrli va barakali qisin. Alloh rozi bosin

0  
3 fastaqiym   (2009-07-24 2:00 AM) [Entry]
waalaykum assalam wrwb! Dilnoza opa, amin Alloh hammamizdan rozi bo'lsin.

Admina, menga shunday tuyuldimi, tez tayyor bo'lar ekan rostdan ham. Men xamirini qalinroq solibman shekilli, jo'vada yoyib keyin qolipga chiqarsayam yaxshi, bu safar murabboni ko'proq solib yuboribman. Ustidagi xamirni 20 minutlarga muzlatgichga qo'yib, qirg'ichdan o'tkazsa chiroyliroq chiqsa kerak.


0  
2 dilnoza   (2009-07-23 8:15 PM) [Entry]
Assalamu alaykum wrwb. Pazanda singillarimdan alloh rozi bolsin.Mashaalloh

0  
1 Admina   (2009-07-23 6:56 PM) [Entry]
subhanalloh, judayam chiroyli,mazali va oson pishiriladigan pirog ekan. jazakallah fastaqiym.

Имя *:
Email *:
Код *:
Juma, 2024-04-19, 10:50 AM
Приветствую Вас Гость
Asosiy Mening profilim | Chiqish
Sana
Sana
Sana
Sana
Calls baqlajon banan+kivi shashlik kimbab bodring somsa kartoshka fri tovuq pishirmasi barbucue mayonezli salat pancake asal kartoshka qovurma bodring salat quymoq nonushta baliq kotlet tuxum turkiya taomi baqlajonli pizza qiymali taom sabzavotli salat qovurma salat baqlajon say beshtbarmoq borek 1-2yoshli bolalar uchun bananli tvorog bolalarga alvonlik bolalarga alvonlik1-2yoshli bolalar Pizza qiyma pirog sharbat lavash shaurma hamiri kartoshka qovurma jigar qovurma oshirma hamir bulochka hamiri tovuq tovuq sho'rva cantik chantiq baliq tvorog tortilla mayonez Sabzavot va mayonezli salat hamir belyaj kotlet non murabboli pirog bulochka baliq konservasi karam bug'da pishiriladigan taomlar gamburger tort qiymali koptokchalar teftel biskvit rulet palov hamirli taom bodringli salat blinchik oshirma hamirdan taom Buxorocha osh Buxorocha palov salat baqlajonli salat sabzavotli pizza bolgarskiydan do'lma bolalar uchun tovuq sho'rva pakora baqlajonli rulet salat Bolalar uchun makaron sho'rva cho'zma lag'mon hamiri bolalar nonushtasi uchun Shirguruch bolalar uchun sutli nonushta bolalar uchun mastava Bolalar uchun kotletlar Lavlagili salat Baliqni qovurish Blinchiklar Brokolli qaynatish Baliq-duxovkada tovuq dimlama Brokolli-omlet brokolli-pizza Bananle keks arF kuni chizkeyk cheesecake cheesecake chizkeyk Begoyim sayti
Bo'limlar
O'bek milliy taomlari [8]
Korea taomlari [4]
Xindiston taomlari [6]
Turkiya taomlari [5]
Uyg'ur taomlari [3]
Evropa taomlari [1]
Turli xil mamlakatlar taomlari [2]
Nonushta [19]
Umumiy Taomlar [30]
qovurma,dimlama,suyuq va hkz
Baliqdan taomlar [4]
Tovuqdan taomlar [9]
Somsalar [10]
Manti va xonimlar [3]
Shashliklar [2]
Kotletlar [7]
qiyma mahsulotlari
Gamburgerlar [6]
Shaurmalar [5]
Perajkalar [4]
Tushenkalar [1]
Makaron mahsulotlari [2]
Hamir maxsulotlari [4]
Pizza [8]
Nonlar [5]
Souslar [4]
Garnirlar [1]
Salatlar [20]
Pishiriqlar [4]
Tortlar [12]
Ruletlar [3]
Piroglar [6]
Bulochkalar [6]
Pechen'elar [2]
Kremlar [2]
Sut va sut mahsulotlari [4]
Ichimliklar [6]
Soklar [1]
Tuzlamalar [3]
Boshqalar [10]
Pop-kornlar [4]
Suxariklar [1]
Emizikli onalar uchun reseptlar [2]
6oylik-1yoshgacha Bolalar Taomnomasi [1]
1dan 2yoshgacha Bolalar Taomnomasi [7]
Turli tillardagi reseptlar [3]
Bizning aslimiz-Islom! [5]
Yangiliklar [2]

Copyright Pazanda.ucoz.com © 2024