Pazanda
 
Asosiy » 2010 » Sentabr » 21 » Biryani
Biryani
4:20 PM

 Biryani Xindiston taomi bo’lib, juda ajoyib ta’mga ega, u huddi bizdagi oshning boshqa turiga o’xshaydi. Biryanining turlari ko’p bo’lib, Tovuqli Biryani, Sabzavotli Biryani, Qo’y go’shtili Biryani, Khan Biryani, Kachche Murgh Ki Biryani va hkz. Quida biz kundalik qilinadigan Tovuqli Biryanining reseptini keltiramiz.

 Masalliqlar( 5-6kishi uchun):

-1kg basmati guruchi(uzunchoq guruch,devzira ham bo’ladi)

-1.2kg tovuq go’shti

-1dona bolgarskiy

-2dona piyoz

-2dona pamildori

-0.5stakan o’simlik yog’i

-2osh-q saryog’(hohlaganlar solmasa ham bo’ladi)

-6-7bo’lak sarimsoq

Ziravorlar: (Quidagi barcha ziravorlar o’rniga pokiston bozorlarida sotiladigan BIRYANI MASALAni ishlatish ham mumkin)

-1choy-q qora murch

-1osh-q zanjabil(yoki zanjabil tuyulgani)

-1osh-q zira(yoki zira tuyulgani bo’lsa yaxshi)

-1osh-q korisa(корица)

-1choy-q qizil bolgari tuyulgani(babrika)

-2-3dona lavr bargi

-2parrak quritilgan limon donachasi

-1choy-q qalampir munchoq

-1choy-q hel

-2osh-q kashnich urug’ining tuyulgani

-1choy-q sariq rang

 

 

Tayyorlash:

Avval guruchni 30daqiqaga suvga solib ivitib qo’yamiz(aks holda guruch pishmay qoladi)

Tovuqni va 1dona piyozni to’rtga bo’lib, qozonga suv solib shu tovuq, piyoz va 2dona lavr bargini solib qaynatib, tovuqni pishirib olamiz.

Tovuq pishgach, suvdan olib quritib artamiz va qizib turgan yoqqa saryog’imizni solib, darxol tovuqni ham solib, ustki qismini qizartirib olamiz. So’ngra piyoz, bolgarskiy, pamildorini kichik shaklda to’g’rab qozonga solamiz va yana zanjabilni qirg’ichning kichik qismidan chiqarib solamiz, maydalangan sarimsoq va barcha ziravorlar va tovuqni ham solib, 4-5daqiqa dimlab qo’yamiz.

Qovurma ustidan avval tovuq qaynatgan suvimizdan 2stakan solamiz va yana 2daqiqa atrofida qaynatamiz.

So’ngra masalliq ustidan ivitilgan guruchimizni solib, ustidan tovuq sho’rvasidan guruchni biroz ko’madigan miqdorda solamiz va 15daqiqaga dimlab qo’yamiz. Vaqt o’tgach, rangni 3osh-q suv bilan aralashtirib, guruch yuzasiga sepib chiqamiz va qoshiqda yuza qismini biroz aralashtirib, yana 20daqiqaga dimlab qo’yamiz.

Guruchimiz pishgach, olovni o’chirmasdan qozon qopqog’ini ochib qo’yamiz(5-7daqiqaga). So’ngra qozon ustiga laganni teskari qo’yib, laganni pastki qismga qozonni lagan ustidagi xolatda ag’daramiz va qozonni qimirlatib ichidagi masalliqni laganga tushiramiz. Taomimiz tayyor!

 

 

Maslahatlar:

1.Bodomni 10daqiqa issiq suvda ivitib olib, po’stini archib, ikkiga bo’lib, biroz yog’da qovurib olib, biryani yuzasiga sepsangiz ham biryani mazali bo’ladi.

2.Agar guruch hammasi sariq rangda bo’lishini hohlasangiz, sariq rangni biroz ko’proq solib, gururchning hamma qismiga solishingiz kerak.

3.Ziravorlar o’rniga Biryani masalasini ishlatsangiz, biryaningiz achchiqroq chiqadi.

 

 

Корица

 

 

Alloh yaxshiliklarga sababchi qilsin!

Bo'lim: Xindiston taomlari | Ko'rilgan: 5322 | Qo'shdi: mo123 | Teglar: tovuqli biryani | Baholash: 0.0/0 |
Hamma fikrlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Payshanba, 2024-03-28, 5:39 PM
Приветствую Вас Гость
Asosiy Mening profilim | Chiqish
Sana
Sana
Sana
Sana
Calls baqlajon banan+kivi shashlik kimbab bodring somsa kartoshka fri tovuq pishirmasi barbucue mayonezli salat pancake asal kartoshka qovurma bodring salat quymoq nonushta baliq kotlet tuxum turkiya taomi baqlajonli pizza qiymali taom sabzavotli salat qovurma salat baqlajon say beshtbarmoq borek 1-2yoshli bolalar uchun bananli tvorog bolalarga alvonlik bolalarga alvonlik1-2yoshli bolalar Pizza qiyma pirog sharbat lavash shaurma hamiri kartoshka qovurma jigar qovurma oshirma hamir bulochka hamiri tovuq tovuq sho'rva cantik chantiq baliq tvorog tortilla mayonez Sabzavot va mayonezli salat hamir belyaj kotlet non murabboli pirog bulochka baliq konservasi karam bug'da pishiriladigan taomlar gamburger tort qiymali koptokchalar teftel biskvit rulet palov hamirli taom bodringli salat blinchik oshirma hamirdan taom Buxorocha osh Buxorocha palov salat baqlajonli salat sabzavotli pizza bolgarskiydan do'lma bolalar uchun tovuq sho'rva pakora baqlajonli rulet salat Bolalar uchun makaron sho'rva cho'zma lag'mon hamiri bolalar nonushtasi uchun Shirguruch bolalar uchun sutli nonushta bolalar uchun mastava Bolalar uchun kotletlar Lavlagili salat Baliqni qovurish Blinchiklar Brokolli qaynatish Baliq-duxovkada tovuq dimlama Brokolli-omlet brokolli-pizza Bananle keks arF kuni chizkeyk cheesecake cheesecake chizkeyk Begoyim sayti
Bo'limlar
O'bek milliy taomlari [8]
Korea taomlari [4]
Xindiston taomlari [6]
Turkiya taomlari [5]
Uyg'ur taomlari [3]
Evropa taomlari [1]
Turli xil mamlakatlar taomlari [2]
Nonushta [19]
Umumiy Taomlar [30]
qovurma,dimlama,suyuq va hkz
Baliqdan taomlar [4]
Tovuqdan taomlar [9]
Somsalar [10]
Manti va xonimlar [3]
Shashliklar [2]
Kotletlar [7]
qiyma mahsulotlari
Gamburgerlar [6]
Shaurmalar [5]
Perajkalar [4]
Tushenkalar [1]
Makaron mahsulotlari [2]
Hamir maxsulotlari [4]
Pizza [8]
Nonlar [5]
Souslar [4]
Garnirlar [1]
Salatlar [20]
Pishiriqlar [4]
Tortlar [12]
Ruletlar [3]
Piroglar [6]
Bulochkalar [6]
Pechen'elar [2]
Kremlar [2]
Sut va sut mahsulotlari [4]
Ichimliklar [6]
Soklar [1]
Tuzlamalar [3]
Boshqalar [10]
Pop-kornlar [4]
Suxariklar [1]
Emizikli onalar uchun reseptlar [2]
6oylik-1yoshgacha Bolalar Taomnomasi [1]
1dan 2yoshgacha Bolalar Taomnomasi [7]
Turli tillardagi reseptlar [3]
Bizning aslimiz-Islom! [5]
Yangiliklar [2]

Copyright Pazanda.ucoz.com © 2024