Quote (Shohis)
Hitoycha, go`shtli non bn kelgandim.
Shohis opaning ijozatlari bilan rasmni joylashtiryapman. "Rou Bing" - HITOYCHA GO`SHTLI NON
Retsepti (Shohis opaning ijozatlarisizi ko'chirib qo'yyapman):
Hamiriga:
* Un-200 gr.
* Issiq suv - 120 ml.
* Bir chimdim tuz
Qiymasi:
Xohishga ko`ra.(Man oddiy go`mmani qiymasidan qildim)
Un bn suv(suvning issiq solinisha sabab, hamir yumshoq chiqadi)dan yumshoq hamir qoriladi. Qiyma tayyorlaguncha tindirib qo`yiladi.
Tingan hamirni ikki zuvalachaga ajratib, birini yoyib, yoyilgan hamirni 4dan 3 qismiga qiyma solamiz va qiymagacha bo`lgan qismini ortasidan kesamiz.
Hamirni kesilgan qismi bilan, hamirimizni chap taraf pastki qismini yopamizva chetlarini yaxshilab yopishtiramiz.
Endi shu yopilgan chap taraf hamirimiz bilan qiymalik o`ng tarafi yopiladi. Chetlari yopishrilidadi.
O`ng taraf pastki yopilgan hamirni yuqorida qolgan qism ustiga qo`yib chetlarini yaxshilab yopishtiramiz.
Qo`llarimiz bilan hamirni chetidan sal aylantirib, aylantirib zuvalacha shaklini beramiz
Tavamiz kattaligi(o`rtacha kattalik, tarelkadan sal kattaroq)da yoyamiz(qalin deb qo`rqmaymiz, baribir pishadi.)
Tavaga 1 qoshiq saryog` solib, baland olovda tavani qopqog`i ochiq holda 20 sekund pishirib, tavani qopqog`ini yopib, olovni o`rtachadan sal pastroq qilib, timerni roppa rosa 2 minutga qo`yamiz. 2 minutdan keyin, nonni aylantirib, ikkinchi tomoniniyam roppa rpsa 2 minut tavani qopqog`i yopiq holda pishiramiz.
Ikkinchi zuvalachaniyam huddi shunaqa tarzda pishirib olamiz va ustma ust qo'yib*, 4 bo'lakka bo'lib yimiz:))
Manba:
http://makush-uzbekfoodnotonly.blogspot.com/2010....on.html