Kerakli masalliqlar:
-un
-tuz
-margarin(yoki mol yog'i)
Tayyorlash:
Hamirni suv+tuz+undan tayyorlasa bo'ladi, lekin margarin hamirni yumshoq qiladi, tuxum esa qattiq, shu sababli har kim o'z hohishiga ko'ra tayyorlashi mumkin. Masalliq solingan suv miqdoriga qarab un belgilanadi va tuz ham, shu sababli aniq bir miqdor berish qiyin.
1.Hamirni o'rtacha qilib qoramiz, zuvala qilib 20-30minga ustini yopib(qanzimasligi uchun) tindirib qo'yamiz.
2.Zuvalangiz chiroyli dumaloq bo'lsa, yoyganingizda ham hamiringiz dumaloq bo'lib yoyiladi. Hamirni yoyganda qalinligi shunday bo'lsinki, uni sotidagi narsa biroz ko'rinsin, hohlasangiz undan ham yuqaroq qiling, faqat yirtilib ketish ehtimoli katta bo'ladi.
3.Olovda eritilgan margarinni hamir yuziga suramiz va qotishi uchun 2-3 min havoda qodiramiz. Agar margarin qotmasa hamir bir-biriga yopishmaydi va qavat-qavat o'ralgan qism zuvalashalarni yoyganda ochilib ketib, margarin tashqariga chiqa boshlaydi, shu sababli toki margarin qotishini kuting yoki o'ragandan so'ng muzlatgichda qotguncha saqlang.
Hamirni iloji boricha zich qilib o'rash kerak, shunda qavatlari chiroyli chiqadi.
4.O'ralgan hamirni somsaga kerakli kattalikda kesamiz. Hamiringiz o'rami qanchalik qalinligiga qarab kesiladi. 2-3sm yoki 3-4sm.
5.Kesilgan bo'lakchalarni bosh barmog'imizga yaqin bo'lgan kaftimizning qismi bilan bosib chiqamiz.
6.Yoyishdan oldin hamirlarni chetini barmoq bilan bosib chiqamiz, shunda chetlari yuqaroq chiqadi
Zuvala qilayotganda juvani hamir chetidan ichkariga tomon yarmisigacha yoyamiz va bu ishni yonma-yon qilib davom ettiramiz.
7.Masalliqni hamirning o'rtasiga solib, chetini qo'limizni uzmasdan birlashtirib chiqamiz, agar qo'lni uzib qilinsa yig'malar har hil chiqishi mumkin.
8.Oxirgi qismini yopishtirib,biroz qayirib qo'yamiz va shundoqligicha qoldiramiz.
9.Patnisga qo'yishda somsani tugilgan qismini pastga qaratib qo'yamiz va yuziga tuxum sari'gi yoki sut+suv yoki qatiq surib, sedona sepib qo'yamiz va qizigan duxovkada 180Cda pishirib olamiz.
Avval duxovkani pastki qismida somsani ostki qismini qizartirib olamiz, o'zi biroz suvlari chiqib, chirsillaydi, shunda tepa qismga olib qizarguncha pishiramiz.
Olovni baland qilsak hamir yaxshi pishmasligi yoki piyozli somsalarning piyozi tirik bo'lib qolishi mn.
|