Masalliqlar(25-30ta uchun)
-1stakan sut
-1stakan shakar
-1osh-q droja
-1ta tuxum
-150gr uy haroratida eritilgan margarin
-5stakanga yaqin un
Tayyorlash:
3stakan un bilan margarinni uqalaymiz.
Sutga 0.5stakan qaynoq suv quyamiz va shakar solamiz. Tuxumni
alohida aralashtirib olib, so’ngra sutli aralashmaga solamiz.
Unning o’rtasini chuqurcha qilib, chuqurchaga aralshmani quyib,
ustidan drojani solamiz.
Sutli aralashmaga unni cheka qismdan olib aralashtiramiz va tezda
1stakan unni ham solib aralashtiramiz.
0.5 stakandan ko’proq un(3/4stakan) solib, hamir bilan aralashtiramiz.
3daqiqaga yaqin hamirni mushlaymiz va zuvala qilib, ustini yopib
ikki barobar oshguncha(1-2soat,manda 2soat) issiq qilib o’rab
qo’yamiz.
Hamirimiz oshgach undan bemalol bulochkalar qilsak boladi
Alloh foydalantirsin!
|