Pazanda
 Bugun nima pishirdingiz? - Страница 7 - Forum
[Forumdagi yangi habarlar · Qatnashuvchilar · Forum qoidasi · Qidirish · RSS ]
Bugun nima pishirdingiz?
fastaqiym Sana: Chorshanba, 2009-07-01, 10:36 AM | Habar # 91
Подполковник
Guruh: Администраторы
Habarlar: 112
Reputation: 5
Status: Oflayn
Waalaykum assala wrwb, Amina!

Makaronni alohida qaynatib oldim, kesdim.
Qozonda qizib turgan yog'ga piyoz, qiyma, tuz, bolgar+sabzi+yashil zaytunni solib qovurdim.
Makaronni solib biroz qovurib, keyin salga dimlab qo'ydim.
Qolipga solib, 190Cga duxovkaga 30 minutga qo'ydim. Orada 10 mint o'tgach, pishloq va qora zayun soldim, yana duxovkaga qo'ydim.
Grekchasi yanayam mazali bo'lsa keraka. Siz aytganingiz qanday edi? Nomini ayta olasizmi?

Admina, rahmat. Chiroyli duolaringiz uchun ham katta rahmat, Amin.~IA, shpinatni rasmga olib qo'yaman.
Tepadagi shpinatli pishirmani shu somsaning xamiridan qildim, nachinkasi va tugilishi farq qilgan faqat.


Ko'za kunda emas kunida sinadi.
 
fastaqiym Sana: Payshanba, 2009-07-02, 2:14 PM | Habar # 92
Подполковник
Guruh: Администраторы
Habarlar: 112
Reputation: 5
Status: Oflayn
Tushenkani ozgina go'shtdan qilgandim. Rasmga olib qo'yyapman.

Mol go'shtni kaftdek-kaftdek qilib olib, sellofan paketga solib bolg'acha yoki pichoqning orqasida urib oldim. tuz+murchli aralashmani ustidan sepdim.

Quruq va yoriqsiz bankaga(menda 900 mllik banka) avval 1-2 lavr yaprog'i, go'shtni soldim.

Piyoz va kartoshkani yirikroq kesib olib, bankaga avval piyoz va ziravor, keyin kartoshka va ziravor, ustidan 1ta lavr yaprog'i soldim.

Banka ustini uch qavat buklangan alyumin folgada mana bunday yopdim. Sovuq duxovkaga 180Cga qo'ydim. Duxovka isish vaqti bilan hammasi bo'lib 2 soatlarga qo'ydim, chunki go'sht kamroq edi.

Orada 1 soat o'tgach, bankani olib, 0.5 stcha suv soldim, qayta duxovkaga qo'ydim.

Ilovalar(fayl,rasm): 4297740.jpg (142.5 Kb) · 5055896.jpg (83.1 Kb) · 7263502.jpg (83.8 Kb) · 9672180.jpg (82.4 Kb) · 5229687.jpg (80.5 Kb) · 0111820.jpg (68.8 Kb) · 2167783.jpg (71.7 Kb) · 8461287.jpg (84.0 Kb)


Ko'za kunda emas kunida sinadi.
 
fastaqiym Sana: Payshanba, 2009-07-02, 2:39 PM | Habar # 93
Подполковник
Guruh: Администраторы
Habarlar: 112
Reputation: 5
Status: Oflayn
Serb taomi ispanakopitaga o'xshash pirog. Ispanak-shpinat, pita-non deb tushundim, to'g'rimikan? Serblarda ichiga tvorog va pishloq, yirik tuxum ham solinadi, kesilganda juda chiroyli turarkan, xamirini phyllo degan xamir yaprog'idan qilishadi. Men esa bu pirogning xamiri va istiga tuxum oqi surish fikrini Sojida singlimizdan olganman. Alloh rozi bo'lsin.
Hamma qismlarini rasmga olmabman. Boricha qo'yyapman.

Somsaning xamiriga qorgandek xamir qoramiz. Xamir biroz tingach, stolga un sepib, xamirimizni yoyamiz.yoyilgan xamirning ustiga yog' surib, uni yarmidan ko'proq qismigacha o'rab olib, o'ralgan qismini kesib olamiz. Yoyilgan xamirning qolgan qismini o'rashda davom etamiz. Biri katta, biri kichiqkroq kesilmalarni mana bunday qilib o'rab, ustiga qazib qolmaslik uchun sellofan yopib, biroz vaqtga qo'yamiz.

Ungacha 2-4ta tuxumni qaynatib olamiz. Alohida qozonda shpinatni 5-10 mintga solib, o'rtacha olovda suvini chiqqach. taxtada to'grab olamiz. Qozonga yog', mayda kubik to'gralgan kartoshka, tuz+murch, va shpinatni solib qovurib olamiz, chala pishguncha. Olovni o'chirib, to'gralgan tuxumni solib bitta aralashtirib yuboramiz.

O'ralgan xamirimizning har ikkisini, ustidan shundayligicha jo'va yurgazib yoyamiz. Avval kattarog'ini listga solib, ustidan nachinkani yoyib solamiz, keyin kichikroq yoyilgan xamirni solib, chetini tugamiz. Vilkada qo'shimcha bezatamiz. Ustiga tuxum oqini surib, 200Cga 30 mintga yoki pirogning usti butunlay qizarguncha pishirib olamiz.


Aytgancha issiqligida kesish qiyinroq ekan sovugach, biroz sellofanda turib yumshasa, tekis kesilar ekan.
Ilovalar(fayl,rasm): 8128061.jpg (88.6 Kb) · 1306889.jpg (86.7 Kb) · 6724785.jpg (86.7 Kb) · 6947068.jpg (79.3 Kb) · 0469431.jpg (88.7 Kb) · 4838141.jpg (80.3 Kb) · 4975540.jpg (93.4 Kb) · 2953531.jpg (144.1 Kb)


Ko'za kunda emas kunida sinadi.
 
Admina Sana: Payshanba, 2009-07-02, 10:01 PM | Habar # 94
Генерал-майор
Guruh: Администраторы
Habarlar: 252
Reputation: 4
Status: Oflayn
subhanalloh, mani menuyimni to'ldirib tashadizku :P, judayam shirin, mashaallah, tushenkayzga qiziqardim rosa, jazakallahu khair, Alloh hayrli qilsin.
 
fastaqiym Sana: Payshanba, 2009-07-02, 10:32 PM | Habar # 95
Подполковник
Guruh: Администраторы
Habarlar: 112
Reputation: 5
Status: Oflayn
Admina, tushenkani pishirganizda asqotar deb yozib qo'yyapman. Go'shtingiz bankani yarmigacha bo'lib, ustiga piyoz kartoshkalar solganizda, bankada ozgian bo'sh joy qolsin. Men bir gal joy qoldirmay solganman, mehmon keladi deb, banka o'shanda bir marta yorilgan. Ya'ni ikkiga teppa-tekis ajralgan. Ichiga hech narsa qilmagan, yeganmiz.

Keyin banka tagiga bitta qolipmi shunday narsa qo'ysangiz ham bo'ladi, men hech narsa qo'ymay pishiraman.

Tushenka o'zi 3 soatga qo'yilgani yaxshi, orada 1,5 soatdan keyin olibxohishga qarab suv quyib qo'yasiz, Pishgandan keyin, duxovkadan foydalanmayotgan bo'sayiz, o'sha yerda turaversa ham bo'ladi yeyishga tortgunizcha.

Banka quuq va yoriqsiz bo'lishi(darzsiz), duxovkaning sovuq bo'lishiga ahamiyat bering.
Aytgancha, go'shtingizga qarab, tushenkaning suvidan yaxshi xolodes chiqishi mumkin muzlatgichga qo'yasayiz.


Ko'za kunda emas kunida sinadi.
 
sojida2244 Sana: Shanba, 2009-07-04, 1:48 PM | Habar # 96
Лейтенант
Guruh: Модераторы
Habarlar: 45
Reputation: 3
Status: Oflayn
mashaAlloh fastaoiym opajon biram shirin bo'lgan
Alhamdulilloh man yeb ham ko'rdim Alloh barakot bersin


hi there
 
fastaqiym Sana: Shanba, 2009-07-04, 8:37 PM | Habar # 97
Подполковник
Guruh: Администраторы
Habarlar: 112
Reputation: 5
Status: Oflayn
Rahmat, Sojida, siz o'rgatgan xamirdan qilingan. Kompyuter tuzalibdida-a?

Ko'za kunda emas kunida sinadi.
 
fastaqiym Sana: Shanba, 2009-07-04, 8:43 PM | Habar # 98
Подполковник
Guruh: Администраторы
Habarlar: 112
Reputation: 5
Status: Oflayn
Yeryong'oq saryog'i(Peanut butter)dan pechenye~

Ilovalar(fayl,rasm): 3334709.jpg (167.2 Kb) · 3573256.jpg (107.0 Kb)


Ko'za kunda emas kunida sinadi.
 
Admina Sana: Yakshanba, 2009-07-05, 10:56 AM | Habar # 99
Генерал-майор
Guruh: Администраторы
Habarlar: 252
Reputation: 4
Status: Oflayn
fastaqiym, reseptlarizni ichimiz kuyib kutvomiiiiiiz
pechenegagap yoq,Alloh hayrli qilsin, bizagayam uzatvoriiin biggrin
 
amina Sana: Yakshanba, 2009-07-05, 4:53 PM | Habar # 100
Рядовой
Guruh: Пользователи
Habarlar: 8
Reputation: 0
Status: Oflayn
assalamu alaykum mashaAlloh magzinskiy pechenyega o'xshabti

Added (2009-07-05, 4:53 Pm)
---------------------------------------------
fastaqiym man u grekcha makaronni nomini bilmiman bizga qoshnimiz qib bergandi sal ko'rganman tayyorlanishini lekin aniq receptini bilmiman u rostanam juda mazali boshqacha ta'mli bo'b chiqndi uaham qaynatilgan makaron kyin qiyma pishirilgan keyin qanaqadir prepravaga o'xshash narsa agar adashmasam keyin smetana qo'shib aralashtirib 30 minga yo 40 duxovkaga qo'ygandi
Alloh rozi bo'sin shu sizni receptiz bo'yicha qib ko'raman inshaAlloh

 
fastaqiym Sana: Yakshanba, 2009-07-05, 5:26 PM | Habar # 101
Подполковник
Guruh: Администраторы
Habarlar: 112
Reputation: 5
Status: Oflayn
Admina, Amina, rahmat. Nima yaxshilik bo'lsa hammasi Allohdan, birinchi marta qilib ko'rdim shuni. Tez orada yana qilib, receptini ham qo'yaman, IA.

Amina, grekcha ovqatga pripravalar qo'shgan bo'lsa rosa mazali chiqqandir.Tasvirlaganizni o'qib meniyam yegim kepketti.


Ko'za kunda emas kunida sinadi.
 
Admina Sana: Seshanba, 2009-07-07, 10:02 PM | Habar # 102
Генерал-майор
Guruh: Администраторы
Habarlar: 252
Reputation: 4
Status: Oflayn
Fastaqiym, reseptlarizni o'zim asosiyga qo'p qo'yaman o'ziz qo'ymasez, nega qo'yishni hohlamayapsizmi cry
 
fastaqiym Sana: Chorshanba, 2009-07-08, 1:34 AM | Habar # 103
Подполковник
Guruh: Администраторы
Habarlar: 112
Reputation: 5
Status: Oflayn
Qo'yishga vaqt bo'lmadi, siz qo'ysangiz yanayam yaxshi boladikuya. Ispanakopitaning xamirini qilib to'lfirishim kerak faqat. Tushenkaning go'shtini kam demasaniz, qoysangiz yaxshi bolardi. Rahmat!

Ko'za kunda emas kunida sinadi.
 
fastaqiym Sana: Chorshanba, 2009-07-15, 2:32 AM | Habar # 104
Подполковник
Guruh: Администраторы
Habarlar: 112
Reputation: 5
Status: Oflayn
Ushbu rasmni pishirgan pazandadan ruxsat so'rab qo'yyapman.
Rasm muallifi va pazanda: UmmuAbdulAziz opa.

Tort.

Ilovalar(fayl,rasm): 8991781.jpg (49.3 Kb)


Ko'za kunda emas kunida sinadi.
 
fastaqiym Sana: Chorshanba, 2009-07-15, 2:35 AM | Habar # 105
Подполковник
Guruh: Администраторы
Habarlar: 112
Reputation: 5
Status: Oflayn
UmmuAbdulAziz opa, mashaAllah, bundan bir yarim yil oldin qo'lizdan shunday tort yegandim, chiroyli va mazali bo'lgandi. Alloh dasturxoningizga barakot bersin. Sir bo'lmasa bu tort biskvitini nechta tuxumdan tayyorlagansiz?

Ko'za kunda emas kunida sinadi.
 
Поиск:


Copyright Pazanda.ucoz.com © 2024