!!! BISMILLAH!!!
Masalliqlar(4 kishi
uchun):
-200-300gr go’sht(lahm,
qiyma, tovuq go’shti va hkz)
-1dona piyoz
-sabzavotlar(sabzi,bolgarskiy,baqlajon
va hkz)
-kartoshka(taom turidan
kelib chiqib solinadi)
-1osh-q tomat(yoki 1dona
pamildori)
-2-3osh-q o’simlik yog’i
-tuz,ziravorlar
Tayyorlash:
Piyozni taom turiga
qarab to’g’rab (chuchvara,mastavalarga juda mayda, sho’rva,teftellarga biroz
yirikroq), qizigan yog’da pastroq olovda qizartirib olamiz, so’ngra go’shtni
kerakli shaklda to’g’rab solamiz va oqarguncha qovuramiz. Shu vaqtda
ziravorlarni solish mumkin.
So’ngra lozim bo’lsa
kartoshka va sabzavotlarni kerakli shaklda to’g’rab, tomat bn birgalikda
2-3daqiqa qovuramiz.(agar tomat o’rniga pamildori ishlatilsa, pamildori
qirg’ichdan o’tkazilib,toki suvi ketguncha qovuriladi)
Qovurmvaga 3-4stakan suv
solib, 20-30daqiqa qaynatamiz. Shu orada kerakli masalliqni sho’rvaga solib
yuborish mumkin.(chuchvara, makaron, vermishel,ugra, guruch, mosh(mosh suv
qaynamasdan solinadi va tuzi oxirida qo’shiladi), no’xot(1kun avval suvda
ivitib qo’yiladi) va hkz)
Alloh barokot bersin!
|