Pazanda
 
Asosiy » 2009 » May » 21 » Moshava-Moshkichirik
Moshava-Moshkichirik
8:49 AM

                                                     

Masalliqlar(4kishi uchn):

-0.5stakan mosh

-moshning yarmicha gurush(1/4st)

-2dona piyoz

-50-100gr mayda to’g’ralgan yog’li go’sht

-2-3 bo’lak sarimsoq

-1osh-q qizil tomat

-1dona kartoshka

-1cho’mich yog’

 

Tayyorlash:

Piyozni maydaroq to’g’rab, dimlaydigan olovdan biroz yuqori olovda
qizitilgan yoqqa solamiz va shu xolda 5daqiqa davomida qizartiramiz.
So’ngra go’shtni solamiz.
                                                                                                         
Go’sht oqargach sarimsoqni solib, 15soniyacha qovuramiz va
ketidan kartoshka va tomatni solib,aralashtiramiz. 1daqiqaga yaqin qovuramiz.
                                                                                                   
Sovuq suv quyamiz(1.5litr va undan ko’proq) va ketidan moshni solamiz,
olovni biroz balandlatamiz.
                                                                                                              
Sho’rvani taxminan 30daqiqa, to hamma moshimiz ochilguncha qaynatamiz.
 Bir kovlab ko’rganda hamma mosh ochilgan bo’lsa, guruchni solamiz. 
 Birozdan so’ng tuz solib, aralashtiramiz va olovni o’rtacha darajaga ko’taramiz.
Tez-tez moshavani kovlab turamiz, tagi olmasligi uchun.
                                                                                                                       
Moshava biroz suyuqroq bo’lganda olovni o’chiramiz.

Moshava issiqligida tovaga suzamiz, shunda ung yuza qismi bir tekis bo’ladi.

                                                                                                                       

Piyozli qovurma:

Mayda to’g’ralgan piyozni past olovda biroz qizartirib olib, unga 1choy-q tomat
qo’shib, yana 8-10soniya qovurib olamiz.
                                                                                                                        

Moshavaning yuziga shu qovurmadan quyamiz.

 

Maslahatlar:

1.Piyoz dog’i(qovurlishi) ovqatga eng asosiy maza beradigan narsadir, shu sababli u kuysa ovqat taxir chiqishi mumkin. Shuning uchun ham barcha piyoz qovuriladigan ovqatlarda piyozni past olovda uzoqroq bo’lsa ham qovuriladi, shunda taomingiz mazali chiqadi

2.Ovqatga suv solib, u qaynab chiqquncha e’tiborda bo’ling, agar suvi qattiq qaynab ketsa taomingizning ta’mini buzishi mumkin.

3.Qovurmaga albatta sovuq suv va darxol moshni soling, aks holda issiq suvda moshingiz yaxshi ochilmasligi mumkin.

4.Moshavaga tuzni gurush solganda solganingiz maqul, chunki tuzni vaqtli solishdan mosh umuman ochilmay qolishi yoki yarim qismi ochilib, qolgani ochilmay qolishi mumkin.

5.Mosh ochilgandan so’ng guruch solganda, uni tek qo’ying, 3-4 daqiqadan keyin aralashtiring, shunda guruchingiz yaxshi pishadi.

5.Moshavada yog’ yetarli bo’lsa, mazasi ham yaxshi chiqadi, yog’ni ayab o’tirmang.

6.Har qanday sarimsoq solinadigan taomlarda, sarimsoqni taom issiqligida yoki qovurishda yolg’iz o’zini solib, biroz qovurilsa, ajoib maza beradi.

Bo'lim: Umumiy Taomlar | Ko'rilgan: 3615 | Qo'shdi: Admina | Teglar: quyuq taomlar, moshava, moshkichirik | Baholash: 5.0/1 |
Hamma fikrlar: 3
0  
3 luda   (2012-11-24 11:22 PM) [Entry]
men qilib kurdim judayam mazzali

0  
2 Admina   (2009-10-09 4:23 PM) [Entry]
Ajmain, juda mazali taom, osongina, zakaz bo'yichayam qilinadi shirinligidan : )

0  
1 muslimauz   (2009-10-09 9:51 AM) [Entry]
Mosh pishirishda bilmasdim.Albatta pishirib ko'raman. Alloh sizdan rozi bo'lsin.

Имя *:
Email *:
Код *:
Juma, 2026-09-25, 7:52 AM
Приветствую Вас Гость
Asosiy | Mening profilim | Chiqish
Sana
Sana
Sana
Sana
salat baqlajon sabzavotlar tvorog qatiq qiymali koptokchalar qiyma qovurma tovuq oyoqlari tort Non roti lavash shaurma hamiri turkiya taomi kotlet qiymali taom shashlik kimbab tuzlamalar bodring tuxum tuxum paf somsa kartoshka fri tovuq tovuq pishirmasi sabzavotli salat mayonezli salat quymoq pancake nonushta tuxumli kubik kartoshka tovuq dimalama kartoshka qovurma qovurma salat quymoqli salat Biskvit sous baliq mayonez pirog borek karamel-korn pizza sharbat yoz hamirli taom baqlajonli salat turk pishirmalari bananli tvorog sabzavotli pizza read beans xorazmcha yog'li piyozli patir karam tortilla jigar qovurma gamburger oshirma hamir hamir bulochka tovuq sho'rva chantiq patir Sabzavot va mayonezli salat sabzavot teftel belyaj oshirma hamirdan taom tahini ekmek tovuq dimlama murabboli pirog jam tart сгущенкa pakora quyuq taom kravusa qatlamali somsa rulet palov pamildorini salat oson salat kartoshkali borek uzoq vaqt yumshoq saqlanadigan pish kartoshka pyuresi bolalar nonushtasi uchun Shirguruch go'shtli ko'k somsa Lavlagili salat Blinchiklar Damskiy kapriz pista qovurish Suyuq pizza sousi Mevali tort Grechkadan taom Bananle keks arF kuni kakosli keks pizza chetini bezash Begoyim sayti
Bo'limlar
O'bek milliy taomlari [8]
Korea taomlari [4]
Xindiston taomlari [6]
Turkiya taomlari [5]
Uyg'ur taomlari [3]
Evropa taomlari [1]
Turli xil mamlakatlar taomlari [2]
Nonushta [19]
Umumiy Taomlar [30]
qovurma,dimlama,suyuq va hkz
Baliqdan taomlar [4]
Tovuqdan taomlar [9]
Somsalar [10]
Manti va xonimlar [3]
Shashliklar [2]
Kotletlar [7]
qiyma mahsulotlari
Gamburgerlar [6]
Shaurmalar [5]
Perajkalar [4]
Tushenkalar [1]
Makaron mahsulotlari [2]
Hamir maxsulotlari [4]
Pizza [8]
Nonlar [5]
Souslar [4]
Garnirlar [1]
Salatlar [20]
Pishiriqlar [4]
Tortlar [12]
Ruletlar [3]
Piroglar [6]
Bulochkalar [6]
Pechen'elar [2]
Kremlar [2]
Sut va sut mahsulotlari [4]
Ichimliklar [6]
Soklar [1]
Tuzlamalar [3]
Boshqalar [10]
Pop-kornlar [4]
Suxariklar [1]
Emizikli onalar uchun reseptlar [2]
6oylik-1yoshgacha Bolalar Taomnomasi [1]
1dan 2yoshgacha Bolalar Taomnomasi [7]
Turli tillardagi reseptlar [3]
Bizning aslimiz-Islom! [5]
Yangiliklar [2]

Copyright Pazanda.ucoz.com © 2026