Pazanda
 
Asosiy » 2009 » May » 25 » Kugel-xof pirogi
Kugel-xof pirogi
3:01 PM
                                   
Masalliqlar:

(stakan 200 ml deb tushunilsin)

-80 ml(0,5 stakandan kamroq) xona haroratidagi margarin/saryog'

-80ml shakar - 0,5 stakandan kamroq

-2 osh qoshiq asal

-2ta tuxum+1ta tuxum sarig'i

-1st. un+1osh qoshiq un

-0,5 choyqoshiq nonvoy poroshogi(baking powder :))

-yong'oq(bo'lsa banan ham)

 

Tayyorlash:

Saryog', asal va shakarni yaxshilab vemchikda aralashtirib olgamiz.
                                                                                              
Alohida idishda vemchikda aralashtirib-yoyib olingan tuxumni
oz-ozdan saryog'li aralashmaga solib aralashtiramiz.
                                                                                              
Un va baking powderni solib, bitta massaga aylanguncha yaxshilab venchikda aralashtiramiz.Quyuqoq massa hosil bo'ladi.
                                                                                           
Eng oxirida maydalangan yong'oq (banan solayotgan bo'lsangiz,
vilkada ezib olingan banan) solib, qoshiqda aralshtiramiz.
                                                                                         
Qolipning tub qismini yog'lab, aralashmani solamiz va
180C oldindan qizdirilgan duxovkaga qo'yamiz.

                                                                                         

Necha minutga qo'yilishi qanday qolipga solganingizga bog'liq. Pyrex qolipda 25 minutdan keyin cho'p solib tekshirib ko'ramiz, odatda cho'pga xamir yopishib chiqadi, bunda ustiga bir qavat folga yopib(qizarib-kuyib ketmasligi uchun), yana 10-15 minutga qo'yamiz, cho'pimiz quruq chiqquncha.

 

Agar mana bunday folgali qolipda pishirsangiz, 25 minutda aniq pishadi, ko'rkam ko'rinishda.

 

Maslahatlar: Kugel-xof uchun qolipning shakli aslida o'rtasi teshik yumaloq qolip. Bunday qolipning o'rnini cheti torroq qoliplar(pund cake qolipi, kosasimon folga qolip) ham bosa oladi. Keng qolipda pishirsak o'rtasi pishmay qolishi mumkin.

 

Bo'lim: Piroglar | Ko'rilgan: 15849 | Qo'shdi: fastaqiym | Teglar: pirog, kugel-xof pirogi | Baholash: 5.0/1 |
Hamma fikrlar: 10
0  
10 fastaqiym   (2009-06-06 11:35 PM) [Entry]
UmmuAbdulAziz opa, u tshirinlik sizga yoqdimi? Birinchi marta pishirib ko'rdim, guruch uni sotib olmay, guruchni mikserda maydalab qilgandim, baribir sotib olib qilgan yaxshiga o'xshaydi. Recepti boshqacharoq, kakako solingan. O'g'liz asalimga IA yana qilib beraman.

0  
9 ummuabdulaziz   (2009-06-06 2:56 PM) [Entry]
Fastaqiym, quliz dard kurmasin, Kecha bizga bervorgan shirinlik ham shunaqa qilinadimi? O'glim, bu tor manga dip bizaga bermi yedi, tatib kursam judayam ajoyib. biggrin

0  
8 fastaqiym   (2009-06-02 9:30 PM) [Entry]
Qolip olguncha yuqorida ko'rsatilgan qolpida pishirardim. (bu rasmdagi kugel xof emas, kugel xofni folgali qolipda rasmga olmagan ekanman). Agar rasmdagiday qolpida pishirsayiz 3ta qolipga ketadi, judayam chiroyli chiqardi.

0  
7 Admina   (2009-06-01 9:49 PM) [Entry]
qolip olguncha, folga qog'oz bn paketni o'rab, qolip qilib pishirsa bo'larmikin :D, hech kim qilib ko'rmaganmi?

0  
6 fastaqiym   (2009-06-01 12:32 PM) [Entry]
Rahmat, Sojida singlim~

0  
5 sojida2244   (2009-06-01 10:57 AM) [Entry]
fastaqiym opajon mazasiga ham gap yo'q
Alloh rozi bo'lsin yana kutib qolamiz inshaAlloh

0  
4 fastaqiym   (2009-05-25 7:45 PM) [Entry]
hammamizdan Alloh rozi bo'lsin, Gulishka opa. Qolipimiz kichiklik qildi alhamdulillah, bo'lmasa hamma yaqinlarga uzatsam deyman. Lekin niyat bor inshaAllah.

0  
3 gulishka   (2009-05-25 5:28 PM) [Entry]
ha to`g`ri aytasiz Surayka,shunaqa qolipdan olish kerak endi.fastaqium kecha bizaga uzatganiyizni maza qib edik,xo`jayinimga ham yoqdi,endi peseptini so`ramoqchi bo`b turuvdim,mana reseptni ham tobib oldim.Alloh sizdan rozi bo`lsin.

0  
2 fastaqiym   (2009-05-25 3:28 PM) [Entry]
rahmat, Surayka~Allohim hammamizdan rozi bo'lsin

0  
1 Admina   (2009-05-25 3:03 PM) [Entry]
mashaallah, judayam oson va tez bo'larkan, qo'llariz dard ko'rmasin :), manam shu uzunchoq qolip olishim kerega o'xshiydi bunaqa reseptdan keyin

Имя *:
Email *:
Код *:
Chorshanba, 2026-10-07, 4:08 AM
Приветствую Вас Гость
Asosiy | Mening profilim | Chiqish
Sana
Sana
Sana
Sana
salat baqlajon tvorog qiymali koptokchalar qiyma qovurma tort sok Non roti lavash shaurma hamiri turkiya taomi kotlet qiymali taom shashlik kimbab tuzlamalar bodring tuxum somsa kartoshka fri tovuq tovuq pishirmasi sabzavotli salat mayonezli salat quymoq pancake tovuq qanotchalari nonushta kartoshka kartoshka qovurma qovurma salat quyuq taomlar Biskvit baliq mayonez pirog borek pizza sharbat hamirli taom baqlajonli salat baqlajon say hamirdan taom Shokolad-pudding qoplamali tort sabzavotli pizza kartoshkali pizza jeleli tort karam olxo'ri sharbati tortilla jigar qovurma gamburger hamir oshirma hamir bulochka tovuq sho'rva duxovkada tushenka Sabzavot va mayonezli salat yozgi salat teftel belyaj oshirma hamirdan taom tovuq dimlama murabboli pirog baliq konservasi oshirma hamirdan taomlar pakora jarkob siropli pishiriq rulet rulet biskviti palov palov zirvagi медицина-бизнес vermishel Зул-ҳижжа ойи pamildorili pentuza pamildorini qirg'ichdan o'tkazish emizikli onalar uchun tovuq sho'rva gamburger bulochkasi kartoshka-go'sht qovurma pizza sousi bolalar uchun tovuq sho'rva uzoq vaqt yumshoq saqlanadigan pish yumshoq quymoq Bolalar uchun makaron sho'rva tovuq go'shtidan kotletlar kakaoli sut pamildorili yumshoq kotletlar Lavlagili salat Blinchiklar Qurtava qovoq pyure Qaymoqli lakomka pamildori nachinkali perojki brokolli-pizza Gamburger uchun sous Bananle keks
Bo'limlar
O'bek milliy taomlari [8]
Korea taomlari [4]
Xindiston taomlari [6]
Turkiya taomlari [5]
Uyg'ur taomlari [3]
Evropa taomlari [1]
Turli xil mamlakatlar taomlari [2]
Nonushta [19]
Umumiy Taomlar [30]
qovurma,dimlama,suyuq va hkz
Baliqdan taomlar [4]
Tovuqdan taomlar [9]
Somsalar [10]
Manti va xonimlar [3]
Shashliklar [2]
Kotletlar [7]
qiyma mahsulotlari
Gamburgerlar [6]
Shaurmalar [5]
Perajkalar [4]
Tushenkalar [1]
Makaron mahsulotlari [2]
Hamir maxsulotlari [4]
Pizza [8]
Nonlar [5]
Souslar [4]
Garnirlar [1]
Salatlar [20]
Pishiriqlar [4]
Tortlar [12]
Ruletlar [3]
Piroglar [6]
Bulochkalar [6]
Pechen'elar [2]
Kremlar [2]
Sut va sut mahsulotlari [4]
Ichimliklar [6]
Soklar [1]
Tuzlamalar [3]
Boshqalar [10]
Pop-kornlar [4]
Suxariklar [1]
Emizikli onalar uchun reseptlar [2]
6oylik-1yoshgacha Bolalar Taomnomasi [1]
1dan 2yoshgacha Bolalar Taomnomasi [7]
Turli tillardagi reseptlar [3]
Bizning aslimiz-Islom! [5]
Yangiliklar [2]

Copyright Pazanda.ucoz.com © 2026