!!!
BISMILLAH!!!
Masalliqlar( 8kishi
uchun):
Tort asosi uchun:
200gr uvalanadigan
pechene
-110gr saryog’
Nachinka uchun:
-600gr Philadelphia suyuq pishlog’i(yoki mascarpone,
cream cheese ca hkz)
-3dona tuxum
-150ml yog’li qaymoq
-150gr shakar kukuni(yoki
oddiy shakar)
-1choy-q vanilla essensiyasi(shart
emas)
Barcha masalliqlar hona
haroratida bo’lishi lozim.(1-2soat honada turgan bo’lsin)
Tayyorlash:
Pecheneni
maydalaymiz(o’qlovda qilsa ham bo’ladi) va saryog’ni olovda eritib solib aralashtiramiz.
Aralashmani qolip
idishga tekislab yoyamiz.
160Cda qizib turgan
duxovkaga 10minutga qo’yib pishirib, olib sovutamiz.
Suyuq pishloqni(cream
cheese) shakar bilan bir xil moqdor bo’lguncha yaxshilab aralashtiramiz.
Aralashmaga avval
qaymoqni solib aralashtirib, so’ng tuxumni va so’ngra vanillani solib
aralashtiramiz. Juda ko’p aralashtib ham yubormaslik kerak, masalliq bir xil
miqdor ko’rinishiga kelguncha aralashtiriladi.
Aralashmani qolip
idishga solamiz va qolipdan kattaroq idishga suv solamiz va qolipni solamiz,
shunda suv qolip yarmiga yetishi kk(agar qolipdan suv kirish ehtimoli bo’lsa
qolipni ikki qavat folga qog’oz bn o’raymiz)
160Cda qizigan duxovkada
1soatu 20daqiqa davomida pishiramiz.
Tortimiz pishgandan
so’ng, duxovkadan olmasdan, shundoq duxovkani eshigini 1soatga ochib qo’yamiz.
Vaqt o’tgach, tortni olib sovutgichga 4soatga(yoki bir kechaga) qo’yamiz.
So’ng qolip chetini
pichoq bilan yurgazib ajratib olamiz va sekin tortimizni chiqarib olamiz.
(Tortni oson chiqarish
uchun uning ostiga pergament yoki folga qog’oz qo’yib,so’ng pecheneni solsa ham
bo’ladi)
Resept http://www.vkusnyblog.ru/smak/3515
saytidan olindi
маскарпоне
---- mascarpone, cream cheese--- suyuq pishloq,krem pishloq
Alloh foydalantirsin!
|