!!! BISMILLAH!!!
Masalliqlar( kishi
uchun):
-1dona karam
-2dona qizil bolgarskiy
-1dona ko’k bolgarskiy
-1bosh sarimsoq
-3-4dona sabzi
-0.5stakan tuz(tuzning
sifatiga ham bog’liq)
-2osh-q o’simlik yog’i
Tayyorlash:
Qaynagan issiq suvga
tuzni solib eritib, kubik to’g’ralgan karam ustidan quyib, ustidan og’ir narsa
bilan 4soatga bostirib qo’yamiz.
Qizil va ko’k
bolgarskiy, 4bo’lak sarimsoq hammasini mixerda maydalab chiqaramizva qizib
turgan yog’da bir qaynab chiqquncha qovuramiz.
Sabzini qirg’ichdan
chiqarib,qo’limizda yaxshilab yarmicha qolguncha ezamiz.
4soat o’tgach karamni
suvini to’kib tashlaymiz(ostida 2osh-q suv qolsin), so’ng boyagi bolgarskiyli
masalliqni va sabzini solib yaxshilab aralashtiramiz.
Zich idishga yoki biror
idishga ustidan bostirib sovutgichda saqlaymiz, 4-5kunda tayyor bo’ladi.
Ummu Muhammad resepti asosida tayyorlandi
Alloh barokot bersin!
|