!!! BISMILLAH!!!
Masalliqlar(4 kishi uchun): -200-300gr lahm go’sht
-1bosh piyoz
-2dona pamildori
-sabzavotlar(bolgarskiy,baqlajon,sabzi,kobachki va hkz)
-5-6dona o’rtacha kartoshka
-1stakan o’simlik yog’i
-tuz, ziravorlar
Tayyorlash: Yog’ni baland olovda qizdirib olib, yirik to’g’ralgan kartoshkani solamiz. 2-3daqiqadan so’ng kartoshkani aralashtioramiz, toki kartoshka qizarguncha shu olovda qovuramiz va qizargach suzib olamiz.
Qozondagi yog’ning yarmini olib, qolgan qismiga kubik to’g’ralgan go’shtni solamiz. Go’sht oqargach piyozni solib, go’shtning suvi ketgunicha past olovda dimlaymiz.
Sabzavotlarni yirik to’g’rab solib, aralashtiramiz.
Qirg’ichdan chiqarilgan pamildorini http://pazanda.ucoz.com/news/2010-01-28-169 solamiz va suvi ketgunicha qovuramiz.
So’ngra avval pishirib olgan kartoshkalarimizni, tuz va ziravorlarni solib, 5daqiqa past olovda dimlaymiz. Taomimiz tayyor!
Alloh barokot bersin!
|