!!! BISMILLAH!!!
Masalliqlar(kishi uchun): -200gr mol yoki qo’y go’shti
-1dona piyoz
-2-3dona kartoshka
-2dona lavlagi
-4-5ta ko’k piyoz
-2osh-q ko’k no’xat
-1ta sabzidan markopcha salati
-3-4osh-q o’simlik yog’i
-2bo’lak sarimsoq
-tuz,ziravorlar
Tayyorlash: Lavlagi va kartoshkani qaynatib pishirib olamiz.
Kartoshka, lavlagini kubik shaklida to’g’raymiz. Masalliqqa markopcha salati, 1sm uzunlikda to’g’ralgan ko’k piyoz, ko’k no’xat, kubik to’g’ralgan piyoz(piyoz to’g’ralgandan keyin yuvilmaydi) va yirik parrak to’g’ralgan go’shtni piyoz bilan qovurib pishirib olingani(issiqligida solamiz), tuz va ziravorlar, shakar solib hammasi qo’shib aralashtiriladi.
Bu salatni avval qilgan edim, rasmlari yetarli emas edi, lekin inshaalloh foydasi tegar deb qo’yaverdim.
Alloh foydalantirsin!
|